Jahon | 18:45 / 18.08.2020
1717
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Meksika va Kanada bilan chegaralarini 21 sentyabrgacha ochmaydi

Kanada jamoat xavfsizligi vaziri Bill Bler AQSh janubi-g‘arbida koronavirus yuqtirish holatlari o‘sayotganligini hisobga olib, bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Foto: AFP

AQSh ichki xavfsizlik vazirligi kotibi vazifasini bajaruvchi Chad Vulf Meksika va Kanada bilan chegaralar 21 sentyabrgacha ochilmasligini ma'lum qildi. Bu haqda Travel and Leisure xabar bermoqda.

 AQSh hukumati chegaralarni 18 mart kuni yopgandi.

Kanada jamoat xavfsizligi vaziri Bill Bler AQSh janubi-g‘arbida koronavirus yuqtirish holatlari o‘sayotganligini hisobga olib, bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Bunda yuk mashinalari haydovchilari, tibbiyot xodimlari va aviakompaniyalar ekipajlariga chegarani kesib o‘tishga ruxsat beriladi. Shuningdek, uylariga qaytayotgan amerikaliklar yoki kanadaliklar uchun ham chegaralar yopilmaydi.

Xpkins universiteti ma'lumotiga ko‘ra, AQShda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 5,5 milliondan ortiq holat qayd etilgan.

 Meksikada bu raqam 522 mingga, Kanadada esa 124 mingga yetgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid