O‘zbekiston | 08:42 / 18.08.2020
1987
2 daqiqa o‘qiladi

Hukumat maxsus iqtisodiy zonalar faoliyati bo‘yicha qaror qabul qiladi

Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining “Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Quyidagilar:

maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini olish uchun taqdim etiladigan investitsiya buyurtmanomasining namunaviy shakli;

maxsus iqtisodiy zona direksiyasi va investor o‘rtasida tuziladigan investitsiya bitimining namunaviy shakli;

maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga beriladigan guvohnomaning namunaviy shakli tasdiqlanadi.

Belgilanishicha:

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi – erkin iqtisodiy zonalar, erkin savdo zonalari va maxsus sanoat zonalari faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish bo‘yicha;

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi – maxsus ilmiy-texnologik zonalar faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish bo‘yicha;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK – maxsus iqtisodiy zonalarda amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi;

maxsus iqtisodiy zonalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash bilan bog‘liq xarajatlar tegishliligicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi;

maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi sifatida ro‘yxatga olingandan keyin 10 ish kunida bazaviy hisoblash miqdorining 55 barobari miqdorda maxsus iqtisodiy zona direksiyasi hisob raqamiga bir martalik to‘lovni amalga oshiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid