Jahon | 14:45 / 26.08.2020
5190
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada "O‘nta negr bolasi" romani nomi o‘zgartirilib chop etildi

 Nomi o‘zgargan asar Fnac kitob do‘konlarida sotuvga chiqdi.

Foto: RIA Novosti

Fransiyada Agata Kristi qalamiga mansub "O‘nta negr bolasi" romanining nomi o‘zgardi – kitob "Ular o‘nta edi" nomi ostida chop etildi. Bu haqda yozuvchining avlodi Jyeyms Prichardga asoslanib RTL radiostansiyasi xabar berdi.

 "Kitob yozilgan paytda til boshqa edi va hozirda unutilgan so‘zlardan foydalanilgan. Uning original nomi AQShda hech qachon ishlatilmaganiga deyarli ishonchim komil. Buyuk Britaniyada uning nomi 1980-yillarda o‘zgartirilgan va bugun asar nomini butun dunyo bo‘ylab o‘zgartirmoqdamiz", - dedi Prichard.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, Agata Kristiga "u ishlatgan so‘zlar kimnidir xafa qilsa yoqmagan bo‘lardi".

 "Biz kimnidir xafa qiladigan atamalarni ishlatmasligimiz kerak – 2020 yilda o‘zimizni ana shunday tutishimiz lozim", - deb qo‘shib qo‘ydi Kristining avlodi.

Nomi o‘zgargan asar Fnac kitob do‘konlarida sotuvga chiqdi. Uning narxi 5,6 yevroni tashkil etadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid