Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eldor Aripov: «Biz Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishiga har qachongidan yaqinmiz»
Afg‘oniston tinchlik o‘rnatilishiga har qachongidan yaqin, dedi O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov.
Eldor Aripov
«Biz Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishiga har qachongidan yaqinmiz. Albatta, u yerda ertaga tinchlik o‘rnatiladi demoqchimasman. Fikrimcha, juda muhim transformatsiya yuz berdi. Biz birinchi marta bu mamlakatdagi tinchlik imkoniyati haqida gapira boshladik. Tinchlik istiqboli haqida Afg‘onistonning qo‘shnilari ham, mamlakat ichidagi fraksiyalar ham gapirmoqda», – dedi Aripov Afg‘oniston bo‘yicha onlayn-anjumanda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun tomonlar «harbiy mavsum boshlanishini emas, tinchlik kelishuvlari va asirlar almashish bo‘yicha muzokaralar qachon boshlanishini» muhokama qilmoqda.
Afg‘onistonda tinch hayotning izga tushishi mintaqalararo savdo salohiyatini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi, deb qo‘shib qo‘ydi Aripov.
«Tinchlik istiqboli Afg‘onistonning Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lovchi azaliy transport-kommunikatsiya salohiyatidan foydalanish imkoniyatini beradi. Afsuski, 20-asrda mamlakat geosiyosiy buferga aylanib qolishi oqibatida u bu jarayonlardan uzilib qolgandi. Tinchlik istiqboli uning bu roli tiklanganini aytishga imkon beradi. Bu Markaziy Osiyo uchun juda muhim», – deb ta'kidladi u.
Mavzuga oid
21:23 / 04.12.2025
«Tolibon» 13 yoshli bolani omma oldida qatlni ijro etishga majburladi
20:27 / 02.12.2025
Tojikiston afg‘on chegarasini qo‘riqlash uchun Rossiyadan harbiy yordam so‘radi
19:03 / 02.12.2025
Tojik-afg‘on chegarasida yana ikki xitoylik halok bo‘ldi, Xitoy xavfsizlikni ta’minlashni talab qildi
17:36 / 02.12.2025