Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligida fuqarolik jamiyati institutlari muammolari muhokama qilindi
Adliya vaziri Ruslan Davletov nogironligi bo‘lgan shaxslarni himoya qilish sohasida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va faollari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida jamoatchilik eshituvi, monitoringi va jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazish nodavlat sektor orqali amalga oshirilishi, biroq amaliyotda bu turdagi jamoatchilik nazorati shakllari yetarlicha amalga oshirilmayotganligi qayd etildi.
Jamoat fondlariga ajratilgan mablag‘larni ishlatish jarayonining shaffofligini ta'minlash, bugungi kunda jamiyat xavotiriga sabab bo‘layotgan talon-torojliklarning oldini olish maqsadida umuman yangi bo‘lgan ochiqlik standartini joriy etish lozimligi vazirlik tomonidan ilgari surildi.

Ushbu standartda homiylar va uchinchi shaxslar mablag‘larini jalb qiluvchi va sarf qiluvchi har qanday davlat yoki nodavlat jamg‘armalari, notijorat tashkilotlari har bir ishlatilgan mablag‘ bo‘yicha jamiyat oldida aniq, batafsil va kengaytirilgan hisobotni davriy ravishda berib borishining yuqori talablari belgilanishi lozim.
Tadbirda ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etish bilan bog‘liq faoliyat kamayganligi, nodavlat sektor tizimidagi ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati to‘xtab qolayotganligi, xodimlarning ish haqlarini berishda muammolar bo‘layotganligi, davlat grantlari, subsidiya va ijtimoiy buyurtma shaklidagi mablag‘lar mahalliy davlat hokimiyati organlarining xarajatlariga qo‘shilmayotganligi kabi muammo va kamchiliklar muhokama qilindi.

Xususan, O‘zbekiston nogironlar jamiyati rahbari K. Abdullayev nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun chet davlatdan olib kelinadigan insonparvarlik yuklarini rasmiylashtirishda ayrim muammolar bo‘layotganligini, “Menga umr baxsh et” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari G. Iskandarova esa bolalar uylarining 100 ga yaqin bitiruvchilari uchun “Yoshlar mahallasi” nomli pilot loyihani amalga oshirish uchun yer maydoni ajratishda qiyinchilik bo‘layotganligini aytib o‘tdi.
O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi rahbari O. Isakov O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 23 avgustdagi qarori bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarning tovarlari (ishlari, xizmatlari)ni xarid qilish uchun kvotalar taqdim etish belgilangan bo‘lsada, ushbu masala haligacha to‘liq o‘z yechimini Ta'kidlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ularni respublika bo‘yicha tahlil qilish va hukumatga takliflar kiritish, bu kabi uchrashuvlarni imkon qadar ko‘proq o‘tkazib borish, shuningdek ishchi guruhlar tuzgan holda vazirlik va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishib olindi.

Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari unifikatsiya qilinib, yagona Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeks loyihasini ishlab chiqish jarayoni yakunlanayotganligi va ushbu kodeks loyihasi nimasi bilan muhim va ahamiyatli ekanligiga tushuntirish berildi.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026