Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik shaxslar birlashmalarini tugatish tartibi tasdiqlanadi
Yuridik shaxslar birlashmalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish rejalashtirilgan.
Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxslar birlashmalari faoliyatiga doir ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Quyidagilar:
Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti;
Yuridik shaxslar birlashmalarining yagona davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Yuridik shaxslar birlashmalarini tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Belgilab qo‘yilishicha, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatadigan yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlari tomonidan Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda yuridik shaxslar birlashmalarini Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish imkoniyatini yaratadi.
Yuridik shaxslar birlashmalarini tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, yuridik shaxslar birlashmasini tugatish bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari, davlat statistika organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) bo‘limlari hamda tijorat banklari bilan o‘zaro ma'lumot almashinish Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi vositasida amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslar birlashmasini ixtiyoriy tugatish muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslar birlashmasini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror uning ta'sis hujjatlarida shunga vakolat berilgan yuqori organi tomonidan qabul qilinadi.
Tugatuvchi tayinlangan vaqtdan boshlab yuridik shaxslar birlashmasi ishlarini boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlar unga o‘tadi.
Tugatuvchi tayinlangandan so‘ng yuridik shaxslar birlashmasi boshqaruv organlari tomonidan ikki kun muddatda unga yuridik shaxslar birlashmasi faoliyati bilan bog‘liq barcha hujjatlarni, yuridik shaxslar birlashmasining muhri, shtamplari (agar mavjud bo‘lsa) va boshqa mol-mulkni topshiradi.
Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng bir ish kunidan kechikmay quyidagilarni amalga oshiradi:
a) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga – ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini;
b) yuridik shaxslar birlashmasining talab qilib olinadigan asosiy depozit hisobvarag‘iga, xizmat ko‘rsatuvchi bankka va xorijiy valutadagi mablag‘lari jamlanadigan bankka ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini;
v) yuridik shaxslar birlashmasining milliy valutadagi ikkilamchi depozit hisobvaraqlariga, jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga va muddatli depozit hisobvaraqlariga (agar mavjud bo‘lsa) xizmat ko‘rsatuvchi banklarga – ularni yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini uning milliy valutadagi asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnomani;
g) yuridik shaxslar birlashmasining xorijiy valutadagi talab qilib olinadigan depozit hisobvaraqlari, jamg‘arma depozit va muddatli depozit hisobvaraqlari (agar mavjud bo‘lsa) ochilgan banklarga – ularni yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini uning depozit hisobvaraqlariga, uning milliy valutadagi asosiy hisobvarag‘i ochilgan joyda ochilgan xorijiy valutadagi talab qilib olinadigan depozit hisobvarag‘iga yoki, agar uning asosiy hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank vakolatli bank hisoblanmasa, boshqa vakolatli bankdagi xorijiy valutadagi talab qilib olinadigan depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnomani jo‘natadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tugatish to‘g‘risida qaror tushgandan so‘ng bir ish kuni ichida quyidagilarni amalga oshiradi:
a) yuridik shaxslar birlashmasini ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni Reyestrga kiritadi hamda bu to‘g‘risida Tizim orqali quyidagi vakolatli organlarni xabardor qiladi:
yuridik shaxslar birlashmasi ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat soliq xizmati va statistika organlarini;
Byuroning tegishli tuman (shahar) bo‘limini;
b) Tizimga yuridik shaxslar birlashmasi tugatilayotganligi to‘g‘risida barcha uchun erkin foydalanish imkoni bo‘lgan e'lonni joylashtiradi.
Kreditorlarning talablari ko‘rsatilgan holdagi murojaatlarni qabul qilish muddati, ushbu muddat ko‘rsatib o‘tilgan e'lon chiqqan vaqtdan boshlab ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak.
Byuroning tegishli tuman (shahar) bo‘limi tegishli xabarnoma tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida o‘zining ma'lumotlar bazasida yuridik shaxslar birlashmasi to‘g‘risida mavjud bo‘lgan ma'lumotlarni Tizim orqali taqdim etadi.
Yuridik shaxslar birlashmasini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ xabardor qilingan sanadan boshlab yuridik shaxslar birlashmasining faoliyati to‘xtatib qo‘yiladi.
Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin:
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslar birlashmasi xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘radi;
b) yuridik shaxslar birlashmasining aktivlari va majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazadi, shu jumladan yuridik shaxslar birlashmasi qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzadi;
v) yil boshidan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yuridik shaxslar birlashmasini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davrda yuridik shaxslar birlashmasi tomonidan to‘lanadigan barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzadi;
g) yuridik shaxslar birlashmasining debitorlik qarzlarini olish, shuningdek, tasdiqnoma olgan holda (qabul qilib olingan sanasi to‘g‘risidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) kreditorlarni aniqlash va yuridik shaxslar birlashmasining tugatilishi to‘g‘risida ularni yozma ravishda xabardor qilish chora-tadbirlarini ko‘radi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025