Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTning qishloq xo‘jaligiga doir loyihasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
O‘zbekistonda BMTning Oziq ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan hamkorlikda "Kelajak avlod uchun aqlli fermer xo‘jaligi" loyihasi amalga oshiriladi. Mazkur loyiha 4 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, unda O‘zbekistondan tashqari, Vetnam ham ishtirok etadi. Loyihaning umumiy qiymati 3,4 million AQSh dollariga teng, deb xabar qilmoqda BMT Oziq ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti Axborot xizmati.
Bugun tashkilot va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida loyihaviy bitimlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Onlayn tadbirda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev va FAOning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy koordinatori va O‘zbekistondagi vakili Viorel Gutu ishtirok etdi.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonda FAO ishtirokida yangi mintaqaviy loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu qishloq xo‘jaligi barqarorligi va samaradorligini oshirish, qishloq aholisi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan. Xususan, imzolangan shartnomalar issiqxona va bog‘dorchilikka eng yangi texnologiyalarni joriy etish, zararkunandalarga qarshi kurashni kuchaytirishni nazarda tutadi.
"Kelajak avlod uchun aqlli fermer xo‘jaligi" loyihasi 4 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston va Vetnamda amalga oshiriladi. zamonaviy tizimni joriy etish, aqlli va barqaror ishlab chiqarishni boshlash, targ‘ib qilish, o‘rim-yig‘imdan keyin issiqxona ekinlarini sotish maqsad qilingan loyiha Koreya Respublikasi hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Loyiha soha mutaxassislari va kichik yer egalari uchun ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yuqori sifatli va xavfsiz marketingini o‘rganish imkoniyatini beradi. Issiqxona va bog‘dorchilikda yangi texnologiyalarni joriy etish orqali hosildorlik va daromadni oshirishga xizmat qiladi.

"Chigirtkalarga qarshi kurashishni samarali tashkil etish" loyihasining ikkinchi bosqichi Markaziy Osiyoning olti mamlakati – O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tomonidan tayyorlangan bo‘lib, Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA) tomonidan moliyalashtiriladi.

Besh yilga mo‘ljallangan loyiha budjeti 7,3 million AQSh dollariga teng. Uni amalga oshirish orqali barqaror mintaqaviy hamkorlik va zararkunandalarga qarshi samarali profilaktika strategiyasini amalga oshirish hamda sohadagi bilim va ilg‘or tajribalarni takomillashtirish orqali Markaziy Osiyo mamlakatlarini chigirtka kabi zararkunandalardan xoli hududga aylashtirishga erishiladi.
Mavzuga oid
15:57 / 14.02.2026
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yangi qo‘llab-quvvatlash choralari va’da qilindi
00:18 / 09.02.2026
“Metan zapravka” qurishga ruxsat yo‘q. Borlariga gaz yetkazib bera olishmayapti” – Jamshid Xo‘jayev
15:50 / 21.01.2026
Elchixonalarda tadbirkorlar uchun koll-markaz tashkil qilish taklif etildi
15:20 / 21.01.2026