Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Belarus hukumati uchun eng asosiy muammo nima ekanligini aytdi
Foto: RIA "Novosti"
Aleksandr Lukashenko korxonalarning ish tashlashlarini izohlar ekan, asosan xususiy korxonalar «qimirlay» boshlaganini aytdi va ularga davlat korxonalari bilan teng sharoitlar berishni taklif qildi.
Agar Belarus iqtisodiyoti bilan bog‘liq muammolar hal qilinmasa, mamlakatda na mafkura, na xavfsizlik bo‘ladi. Bu haqda respublika prezidenti Aleksandr Lukashenko ma'lum qildi.
«Doim aytganman va yana bir marta eslatib o‘tmoqchiman, bizning asosiy vazifamiz, asosiy muammomiz, asosiy xavotirimiz — bu iqtisodiyot. Iqtisodiyot bo‘lsa – qolgan hamma narsa bo‘ladi. Iqtisodiyot bo‘lmasa – unda mamlakatda na mafkura, na xavfsizlik, na tinchlik va boshqasi bo‘ladi», — dedi Lukashenko.
Lukashenko korxonalarning ish tashlashlarini izohlar ekan, asosan xususiy korxonalar «qimirlay» boshlaganini aytdi va ularga davlat korxonalari bilan teng sharoitlar berishni taklif qildi.
Mamlakatga 26 yildan buyon prezidentlik qilib kelayotgan Lukashenko prezident saylovida oltinchi bor nomzodini ilgari surdi.
Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotiga ko‘ra, 80,1 foiz to‘plab prezidentlikka saylandi.
Saylov bo‘lib o‘tgan 9 avgustdan buyon Belarusda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid
10:30 / 21.01.2026
Lukashenko Trampning “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishga rozi bo‘ldi
15:24 / 31.12.2025
Lukashenko 20 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
17:30 / 25.12.2025
Amerikaliklar Lukashenkoning samolyotini tuzatib berishgan va ozish uchun dori tavsiya qilishgan
23:50 / 17.12.2025