Jamiyat | 14:20 / 07.09.2020
7311
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchi vafot etdi

YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 7 sentabr kuni soat 00:50larda, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani IIB navbatchilik qismiga tushgan xabarga ko‘ra, Mirzaobod tumani, Mirzacho‘l MFY hududidan o‘tuvchi 4R-18A avtomobil yo‘lining 1-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati ma'lumotida aytilishicha, haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan T.M. “Neksiya-3” rusumli avtomobilda, tezlikni me'yoridan oshirgan holda harakatlanayotib, yo‘lning burilish joyida boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan va ag‘darilgan.

Natijada, "Neksiya-3" avtomobili haydovchisi, 26 yoshli T.M. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘l belgilari va chiziqlari talablariga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid