O‘zbekiston | 00:19 / 10.09.2020
64845
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik kasallanish holatlari 500tadan oshib ketdi

O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi yana tezlashmoqda: mamlakatda kunlik kasallanish ko‘rsatkichi bir oy ichida ilk marta 500tadan ko‘proqni tashkil etdi.

9 sentabr kuni O‘zbekistonda 512 kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yildi, deb ma'lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Taqqoslash uchun, kunlik yangi holatlar 6 sentyabrda 293ta, 7 sentyabrda 312ta, 8 sentyabrda 443tani tashkil etgan edi.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, jami holatlar 44 930 ta, tuzalganlar 42 212 nafar, qurbonlar esa 366 nafarni tashkil etmoqda. 9 sentabr kuni 6 kishi vafot etgani xabar qilindi.

Yangi holatlar (+512)

20 avgustdan keyingi vaqt davomida kunlik kasallanish ko‘rsatkichi 500taga yetmayotgan, bir oy ichida faqat 4 marta kunlik o‘sish 400dan ko‘proqni tashkil etgandi.

  • Toshkent shahri – 331
  • Toshkent viloyati – 105
  • Qashqadaryo viloyati – 30
  • Samarqand viloyati – 12
  • Andijon viloyati – 11
  • Namangan viloyati – 9
  • Farg‘ona viloyati – 6
  • Xorazm viloyati – 6
  • Navoiy viloyati – 2

Tuzalganlar (+314)

Kasallik qayd etilgan jami 44 930 bemordan 42 212 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

  • Toshkent shahri – 188
  • Toshkent viloyati – 98
  • Samarqand viloyati – 9
  • Namangan viloyati – 8
  • Farg‘ona viloyati – 5
  • Xorazm viloyati – 4
  • Andijon viloyati – 2

O‘lim holatlari (+6)

Vazirlik 9 sentabr kuni 6ta o‘lim holati haqida ma'lumot berdi. Rasmiy statistikada koronavirus qurbonlari jami 366 nafar deb ko‘rsatilmoqda.

  • Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 83 yoshli M.M. (ayol)
  • Yangiyo‘l tumanida yashagan 56 yoshli E.D. (erkak)
  • Yunusobod tumanida yashagan 56 yoshli E.A. (erkak)
  • Shayxontohur tumanida yashagan 59 yoshli Z.A. (erkak)
  • Olmazor tumanida yashagan 59 yoshli U.T. (erkak)
  • Chirchiq shahrida yashagan 55 yoshli G‘.D. (erkak)

Ayni paytda davolanayotgan 2 352 nafar bemordan 427 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid