Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dezinfeksiya tunnellari o‘rniga sanitayzer-dispenser qurilmalari o‘rnatiladi
Binolar kirish qismida teri uchyn antiseptik eritmalari bo‘lgan sanitayzer-dispenser qurilmalari o‘rnatish amaliyoti joriy etiladi.
Respublika maxsus komissiyasi bayoniga ko‘ra, Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida dezinfeksion tunnellardan foydalanish to‘xtatildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, jamoat joylari, bino va inshootlarga kirish joyida tana haroratini kontaksiz o‘lchash, tashrif buyuruvchilarni zarur holatlarda tibbiy yoki bir martalik niqoblar bilan ta'minlash, shuningdek, kirish qismida tashkil qilish uchun qulay joyda teri uchyn antiseptik eritmalari bo‘lgan sanitayzer-dispenser qurilmalari o‘rnatish amaliyoti joriy etiladi.
Bunda ushbu amaliyotlarni tegishli qoidalar asosida olib borish bo‘yicha mas'uliyat va javobgarlik muassasa va tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmasida bo‘lib, mazkur tadbirlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar zimmasiga yuklatildi, deyiladi xabarda.
Avvalroq, O‘zbekistonda dezinfeksiya tunnellari taqiqlanayotgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
09:19 / 09.06.2024
SSV yoz faslida salomatlikni saqlashning 7 muhim qoidasini eslatdi
20:35 / 27.04.2021
O‘t o‘chirish mashinasida bozorga xlor sepish – odamlar ustidan kulish emasmi?
18:27 / 26.04.2021
Andijon va Surxondaryoda o‘t o‘chirish mashinalari odamlar ustiga xlorli suv sepib ketdi
16:00 / 21.11.2020