Internetda FVV maxsus avtomaşinalari (öt öçiriş maşinalari) köçalarda va bozor hududida odamlar va avtomobillar ustiga yuqori bosimda suyuqlik sepib ötayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Bu videolar ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilarining noroziliklariga sabab böldi.
Ma'lum bölişiça, bu holatlar Andijon viloyatining Marhamat tumanida va Surxondaryo viloyatining Denov tumanida sodir bölgan.
Andijon va Surxondaryoda o‘t o‘chirish mashinalari odamlar ustiga xlorli suv sepib ketdi
— Kun.uz (@KunUzNews) April 26, 2021
👉 https://t.co/FkOfdwGkNp pic.twitter.com/Aq1Gmnm1kw
Andijon viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, 25 aprel kuni Marhamat tumani markazidagi köçalarda koronavirusga qarşi dezinfeksiya işlari ötkazilgan.
«Maxsus komissiya qaroriga muvofiq, odamlar köp töplanadigan köçalar va undagi binolarga 0,4 foizli ABK aralaşmasi va xlor moddasi sepilgan. Mazkur profilaktik tadbir koronavirus infeksiyasiga qarşi çora-tadbir sifatida ötkazilgan», deydi Andijon viloyati FVB matbuot xizmati vakili.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ham holat yuzasidan izoh berdi.
«Mazkur holat vazirlik tomonidan töliq nazoratga olinib, hozirda suriştiruv işlari olib borilmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga köra, uşbu vaziyat respublikamizning Andijon viloyati Marhamat hamda Surxondaryo viloyati Denov tumanlarida yuzaga kelgani ma'lum böldi. Unga köra, yuqorida qayd etilgan hududlarda koronavirus infeksiyasining öçoği aniqlangan hamda virus tarqalişining oldini oliş maqsadida, dezinfeksiya işlari şoşilinç, tartibsiz holda amalga oşirilgan», deyiladi xabarda.
Hodisa yuzasidan örganiş yakunlari böyiça tegişli xodimlarga intizomiy ta'sir çoralari körilişi ma'lum qilingan.
2020 yil avgustida ijtimoiy tarmoqlarda Qöqon şahridagi köçalar isiriq yordamida dezinfeksiya qilingani aks etgan video tarqalgandi.
Ma'lumot uçun, mutaxassislar dezinfeksiyani koronavirusga qarşi samarali deb hisoblaşmaydi. 2020 yil sentyabrida Özbekiston hukumati Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyasiga asoslanib dezinfeksiya tunnellarini

















