Özbekistonda dezinfeksiya tunnellari taqiqlanmoqda. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar berdi.

Qayd etilişiça, respublika maxsus komissiyasi bayoniga köra, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyasiga asoslanib dezinfeksiya tunnellari taqiqlanmoqda.

Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi qöşimça ma'lumot taqdim etilişini bildirgan.

Avvalroq, Respublika ixtisoslaştirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Roziqova dezinfeksiya tunnellarining inson organizmiga zararli tomonlari haqida gapirib, davomiy işlatilgan har bir kimyoviy modda inson organizmida allergik holatlarni keltirib çiqarişini qayd etgandi.