O‘zbekiston | 09:39 / 16.09.2020
24380
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dezinfeksiya tunnellari taqiqlanmoqda 

O‘zbekistonda dezinfeksiya tunnellari taqiqlanmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Qayd etilishicha, respublika maxsus komissiyasi bayoniga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga asoslanib dezinfeksiya tunnellari taqiqlanmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi qo‘shimcha ma'lumot taqdim etilishini bildirgan.

Avvalroq, Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Roziqova dezinfeksiya tunnellarining inson organizmiga zararli tomonlari haqida gapirib, davomiy ishlatilgan har bir kimyoviy modda inson organizmida allergik holatlarni keltirib chiqarishini qayd etgandi.

Mavzuga oid