«Koronavirusga qarşi kuraşilayotgan bir paytda, körilayotgan har bir çora-tadbirning foydaliligi, samaradorligini örganiş, ayniqsa, ahamiyatlidir.
Lekin profilaktika maqsadida qöllanadigan ayrim çoralar samarasiz ekanini, qaytaga salbiy oqibatlari köproqligini vaqt körsatib qöymoqda.
Şunday çoralardan biri dezinfeksiya tunnellaridir. Hozirda bunday tunnellar deyarli har bir taşkilot, xususan, umumiy ovqatlaniş obektlari, aeroport, temir yöl vokzallari, bozorlar, supermarket kabi qator muassasa binolari oldida örnatilgan. Hatto kiriş yölaklarining boşqa qismlari qizil lentalar bilan öralib, odamlarga şu tunnel orqali ötişdan boşqa yöl qoldirilmagan», deya qayd etiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.
Respublika ixtisoslaştirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Roziqova bunday tunnellarning inson organizmiga zararli tomonlari haqida gapirgan.
«Dezinfeksiya çorasi sifatida xlorli eritmalardan foydalanişni dunyo davlatlari tajribadan ötkazişdi. Amerikalik ekspertlarning ta'kidlaşiça, köçalarni dezinfeksiya qiliş va dezinfeksiya tunnellaridan keng foydalaniş köproq insonlarni vahimaga tuşmasligi yoki ularni tinçlantiriş maqsadida amalga oşirilgan. Şuni aytiş lozimki, hanuz buning samarasi isbotlanmagan», — deydi mutaxassis.
Dezinfeksiya tunnellarida foydalaniladigan xlorli eritmalar tibbiyotda juda köp yillardan beri işlatiladi va uning inson organizmiga xatarli ta'siri juda kuçli ekani ta'kidlangan.
Kun davomida işlab turgan tunneldan bir kişi qayta-qayta ötişiga töğri kelişi mumkinligi, davomiy işlatilgan har bir kimyoviy modda inson organizmida allergik holatlarni keltirib çiqarişi qayd etilgan.
Allergolok Ilmira Roziqova buning asoratlari öta xavfli tus olib ketişidan ogohlantiradi.
Mutaxassisning aytişiça, bu yuqori nafas yöllarining yengil qizarişidan to yengil kuyişgaça bölgan holatlarni çaqiradi. Buning natijasida insonda allergik rinit, konyuktivit, bronxit va hatto oğir kasallik hisoblanuvçi – bronxial astmaga olib kelişi mumkin.
«Maktablar faoliyatini qayta tiklaş masalasi örtaga çiqqanda, bolalarning soğligiga salbiy ta'sirlari inobatga olinib, Soğliqni saqlaş vazirligi ta'lim muassasalari oldida dezinfeksiya tunnellarini örnatiş qat'iyan man etilişini ta'kidlagan edi», deyiladi vazirlik xabarida.













