Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Rustam Ikromov AOKAda ötkazilgan brifingda aholidan kelib tuşgan savollarga javob berdi. U dezinfeksion tunnellarning umuman foydasi bölmadi, deyiş ham töğri emasligi haqida gapirgan.

«Birgina ötkir içak yuqumli kasalliklarini 2019 yil 6 oyligiga nisbatan, joriy yil şu davrida 61 foizga kamaygani, virusli gepatit A turi 76 foizga kamayganining özi uşbu dezinfeksiya çoralarining yuqumli kasalliklar tarqalişida örin tutganligini bildiradi.

Bugungi kunga qadar dezinfeksiya tunnellarining koronavirusga qarşi ta'sir samarasi qaysidir mamlakat tomonidan örganilgani töğrisida rasmiy maqolalar çop etilmagan», deydi ştab a'zosi.

  • Avvalroq Soğliqni saqlaş vazirligi dezinfeksiya tunnellarining koronavirusga qarşi kuraşda eng foydasiz vosita ekanligi haqida bayonot bergan edi.

Ikromovning ma'lumot berişiça, kuniga 30-40 mingta test tahlili ötkazilyapti, şundan 200-250tagaça musbat natija aniqlanyapti.

Brifingda Qirğiziston bilan yangi tartib kelişilgani böyiça töliqroq ma'lumot beriş söralgan.

«Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan sönggi 14 kun Qirğiziston Respublikasida bölib turgan yoki söngi 72 soat davomidagi koronavirus infeksiyasiga PZR test tekşiruvining manfiy natijalari töğrisida ma'lumotnomasi mavjud bölgan şaxslar Özbekiston Respublikasiga kirib kelganda karantin nazoratiga olinmaydi.

Qirğiziston Respublikasiga çiqqan hamda faqatgina uşbu mamlakat hududida bölgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari respublikaga qaytib kirgandan söng karantin nazoratiga olinmaydi, belgilangan holatlardan taşqari barça vaziyatlarda Özbekiston Respublikasiga kirib keluvçi şaxslar örnatilgan tartibda karantin nazoratiga olinadi», dedi ştab a'zosi.