O‘zbekiston | 18:23 / 16.09.2020
18800
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 49 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda kun davomida hozircha 450 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, jami holatlar soni 49 ming 15taga yetgani, ayni vaqtda shifoxonalarda davolanayotganlar soni (aktiv keys) 3 186 nafarni tashkil etayotgani haqida xabar berdi.

Yangi holatlar (+450)
2020 yil 16 sentabr soat 18:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonning 11  hududida tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida 450 holat aniqlangan.

  • Toshkent shahrida 263 holat;
  • Namangan viloyatida 92 holat;
  • Toshkent viloyatida 26 holat;
  • Sirdaryo viloyatida 19 holat;
  • Buxoro viloyatida 14 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 10 holat;
  • Samarqand viloyatida 9 holat;
  • Surxondaryo viloyatida  7 holat;
  • Andijon viloyatida 5 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 3 holat;
  • Navoiy viloyatida 2 holat.

Tuzalganlar (+364)
Bugun ayni paytga qadar respublikaning 10 hududida 364 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 45 ming 422 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 231 nafar;
  • Toshkent viloyatida 62 nafar;
  • Namangan viloyatida 18 nafar;
  • Buxoro viloyatida 16 nafar;
  • Andijon viloyatida 11 nafar;
  • Samarqand viloyatida 9 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 7 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 5 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 3 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.

O‘lim holatlari (+4)
Kun davomida hozircha yana 4ta o‘lim holati qayd etildi va O‘zbekistonda rasmiy statistikaga ko‘ra o‘lim holatlari soni 407taga yetdi.

  • Sergeli tumanida yashagan 61 yoshli X.M. (erkak);
  • Yunusobod tumanida yashagan 69 yoshli Sh.Sh. (erkak);
  • Olmaliq shahrida yashagan 69 yoshli A.X. (erkak);
  • Zangiota tumanida yashagan 65 yoshli Yu.I. (erkak).

Hozirda mamlakatda 3 186 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid