Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Barcha o‘qituvchilar bepul dorilar bilan taminlanadi- XTV"
Bugun, 17 sentabr kuni AOKA huzuridagi shtabda Xalq ta'limi vazirligi ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova koronavirus bilan kasallangan o‘qituvchilarni dori-darmon bilan ta'minlash bo‘yicha ma'lumot berdi.
“Joriy yilning 13 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika Maxsus komissiyasining bayoniga asosan, umumta'lim muassasalarini koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlari, o‘qituvchi va xodimlarning koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishining oldini olish, profilaktika va davolash maqsadida ularning gidroksixloroxin va sink preparati bilan bepul ta'minlanishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu topshiriq yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori imzolangan. Yuqorida nomlari keltirilgan dori-darmonlarni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan manzilli yetkazish ishlari boshlangan”, - dedi Rustamova.
Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti gidroksixloroxinni koronavirusga qarshi ta'sirini o‘rganish bo‘yicha sinovlarni to‘xtatgach, bu dori vositasi O‘zbekistonda davolash protokolidan chiqarilgan edi. Keyinroq gidroksixloroxin protokolga qaytib qo‘shilgani ma'lum bo‘ldi. Rasmiylar izohiga ko‘ra, «O‘zbekiston boshqalarning tavsiyasiga emas, o‘z tajribasiga asoslanyapti».
Mavzuga oid
22:49 / 30.05.2026
“Armiya himoyasidagi” pedagoglar va kichik biznes uchun soliq islohoti - hafta dayjesti
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
15:32 / 25.05.2026