Jahon | 17:20 / 18.09.2020
7262
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil dunyoda birinchi bo‘lib qaytadan karantin joriy etdi

Umummilliy karantinga rioya etilishini nazorat qilish uchun minglab politsiyachilar jalb etildi.

Foto: REUTERS / Ronen Zvulun

Isroilda koronavirus tarqalishi avj olayotganligi sababli takroriy karantin kuchga kirdi. Cheklovlar uch haftaga joriy etildi hamda vaziyatdan kelib chiqib uzaytirilishi mumkin.

 Aholiga mehmonga borish, plyajlarda hordiq chiqarish, yopiq binolarda o‘ndan va ochiq joylarda yigirma kishidan ortiq guruh bo‘lib to‘planish taqiqlandi. Jamoat transporti va korxonalar cheklovlar bilan ishlaydi. Ta'lim va ko‘ngilochar muassasalar, qahvaxonalar, restoranlar va sport klublari, savdo markazlari, sartaroshxona va go‘zallik salonlari yopildi.

 Umummilliy karantinga rioya etilishini nazorat qilish uchun minglab politsiyachilar jalb etildi. Asosiy e'tibor tushuntirish ishlariga qaratiladi, ammo “haddan oshishlar” uchun jarimalar joriy etilgan.

 Isroil to‘rt oylik odatiy hayotdan keyin takroran umummilliy karantin e'lon qilgan birinchi davlat bo‘ldi. Mamlakatda may oyida cheklovlar bekor qilingandi.

 17 sentabr kuni Isroilda bir sutkada qariyb 6 ming kishida koronavirus aniqlangan. Epidemiya boshlanganidan buyon mamlakatda 1169 kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid