Fan-texnika | 22:28 / 30.09.2020
7216
1 daqiqa o‘qiladi

Tesla'ning raqobatchilari birlashdi

General Motors va Nikola kompaniyasining strategik hamkorligi to‘g‘risida sentabr boshlarida ma'lum bo‘lgandi.

Foto: Nikola

Amerikaning General Motors konserni elektr yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi Nikola kompaniyasidan ulushini oshirmoqchi, deb xabar beradi CNBC.

Kompaniyalarning strategik hamkorligi to‘g‘risida sentabr boshlarida ma'lum bo‘lgandi. O‘shanda konsern Nikola kompaniyasining qiymati ikki milliard dollarlik 11 foiz aksiyasiga ega bo‘lishi aytilgandi.

Ammo General Motors aksiyalarni sotib olmaydi, balki Nikola Badger pikapini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Nikola o‘z navbatida GM Ultium akkumulyator tizimi va Hydrotec yonilg‘i unsurlari texnologiyasidan foydalanadi.

Endilikda GM ko‘proq aksiya sotib olishni istamoqda, ammo uning qancha miqdorda ekanligiga aniqlik kiritilmagan.

Mavzuga oid