Jahon | 15:10 / 05.10.2020
3671
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi maktablar koronavirus sababli masofaviy ta'limga o‘tadi

29 sentabr kuni Moskva meri Sergey Sobyanin 2020 yilda maktab ta'tillari bir hafta o‘rniga ikki hafta - 5 oktyabrdan 18 oktyabrgacha davom etishini e'lon qilgandi.

Foto: Reuters

Moskvadagi maktablar koronavirus tarqalishi sababli masofaviy ta'limga o‘tadi. Bu haqda Rossiya ta'lim vazirining o‘rinbosari Viktor Basyuk ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shuningdek, Saxalin va Ulyanovsk oblastidagi maktablar ham masofaviy ta'lim berishga o‘tadi.

«Buyog‘iga nima bo‘lishini oldindan aytish qiyin, chunki kasallanish bilan bog‘liq vaziyat turli hududlarda turlicha», — deb qo‘shib qo‘ydi u.

29 sentabr kuni Moskva meri Sergey Sobyanin 2020 yilda maktab ta'tillari bir hafta o‘rniga ikki hafta — 5 oktyabrdan 18 oktyabrgacha davom etishini e'lon qilgandi. Xabar qilinishicha, maktabgacha ta'lim muassasalari va bolalar tashkilotlari ham ikki haftalik ta'tilga chiqadi.

Merning o‘rinbosari Anastasiya Rakova bu qarorni o‘quv yili boshlanganidan so‘ng maktab o‘quvchilari orasida COVID-19ga chalinish holatlari ko‘payganligi bilan izohladi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid