Jahon | 00:39 / 06.10.2020
10227
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an YeXHTning Minsk guruhini Tog‘li Qorabog‘dagi nizoda aybladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an YeXHTning Minsk guruhini Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy nizoda aybdor deb atadi.

Foto: AP

«Minsk guruhi Qorabog‘ muammosini hal etish bilan shug‘ullanmadi. Aynan uning beparvoligi va harakatsizligi vaziyatni mana shunday oqibatga yetib keldi. Jahon hamjamiyati Armaniston okkupatsiyasiga jimgina qarab turdi», — dedi u.

Erdo‘g‘an Ozarboyjon qat'iy ravishda olg‘a harakat qilayotgani va Tog‘li Qorabog‘ hududlarini qaytarib olayotganini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Boku ko‘plab aholi maskanlarini ozod qildi va Anqara uni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Rossiya, Fransiya va AQSh Minsk guruhi hamraislari hisoblanadi. Oktabr boshlarida bu mamlakatlar prezidentlari Vladimir Putin, Emmanuel Makron va Donald Tramp Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat bo‘yicha bayonot bergan va tomonlarni jangovar harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqirgandi.

Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar  27 sentyabrda boshlandi. Boku arman harbiylari Ozarboyjon pozitsiyalarini o‘qqa tutganini ma'lum qildi va qarshi hujum e'lon qildi. Yerevan esa Ozarboyjon Tog‘li Qorabog‘ga hujum qilganini bildirdi. 

To‘qnashuvlar davom etmoqda. Har ikki tomonda talafotlar bo‘lgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid