Jahon | 22:22 / 13.10.2020
15289
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning koronavirusga qarshi dori vositasi narxi ikki baravarga arzonlashdi

«Avifavir» (RFPI va «Ximrar» mahsuloti) dorisini yetkazib berish bo‘yicha ilk shartnoma 4 iyunda tuzilgan. Iyun oxirigacha bir qadog‘ining davlat xarididagi o‘rtacha narxi 22,3 ming rublni tashkil etgan.

Foto: RIA Novosti

Koronavirusdan davolashda qo‘llaniladigan favipiravir dori vositasining narxi yoz faslidan buyon muntazam tushib bormoqda. «Farmvestnik» nashrining yozishicha, oxirgi uch oy davomida uning narxi ikki baravarga arzonlashgan.

 Qayd etilishicha, «Avifavir» (RFPI va «Ximrar» mahsuloti) dorisini yetkazib berish bo‘yicha ilk shartnoma 4 iyunda tuzilgan. Iyun oxirigacha bir qadog‘ining davlat xarididagi o‘rtacha narxi 22,3 ming rublni tashkil etgan. Iyulda yana ikkita dori: «Koronavir» («R-Farm») va «Areplevir» («Promomed») paydo bo‘lgach, narx 18,3 ming rublga tushgan.

Sentyabrda «Promomed» davlat xaridi narxini 12 320 rubl, «R-Farm» esa 11 550 rubl etib belgilagan.  

Roszdravnadzorning ma'lum qilishicha, narxlar yanada tushishi kutilmoqda.

 

Mavzuga oid