Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyada ilk marta O‘zbekistonliklar uyushmasi ochildi
31 oktabr kuni Koreya Respublikasida O‘zbekistonliklar uyushmasi rasman ish faoliyatini boshlaydi. 15 oktabr kuni mazkur jamoatchilik tashkiloti faollarining birinchi onlayn videokonferensiyasi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Kun.uz'ning Janubiy Koreyadagi muxbiri.
Onlayn muloqot davomida uyushmaning asosiy vazifalari va faoliyati davomida yechilishi lozim bo‘lgan dolzarb muammolar, xususan Koreyadagi vatandoshlar uchun o‘z vaqtida ijtimoiy va moliyaviy ko‘mak berish masalalari muhokama qilindi.
Uyushmani tashkil etishdan asosiy maqsad – Koreya Respublikasi hududidagi o‘zbekistonliklar: muhojir ishchilar, talaba va o‘quvchilar, tadbirkorlar, doimiy yashaydiganlar hamda boshqa maqsadlarda bo‘lib turgan vatandoshlarning manfaatlarini himoya qilish, ularga favqulodda holatlarda tezkor yordam ko‘rsatish, tibbiy va yuridik xizmatlar taqdim etishdir.
Uyushmaning ochilish marosimi 31 oktabr kuni Kvanju shahrida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi «Oltin daftar»iga kiritilgan vatandoshlar soni yuzdan oshgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026