Özbekistonning Koreya Respublikasidagi elçixonasi vakillari çet elda mehnat qilayotgan vatandoşlarning imkoniyatlaridan foydalaniş taşabbusi doirasida Kodjye şahriga safar qildi.
«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, Kodjye şahrida joylaşgan «Samsung» va «Daewoo» kompaniyalarining kemasozlik zavodlarida 500ga yaqin özbekistonlik mutaxassis işlaydi. Şahardagi kasb-hunar kollejida esa 40ga yaqin vatandoş tahsil olmoqda.
Elçixona vakillari Özbekistonda biznes loyihalarni amalga oşiriş, bu bilan yangi iş örinlari yaratişga kömaklaşiş niyatida bölgan bir guruh vatandoşlar bilan uçraşgan.
Tadbirda Özbekiston prezidenti 17 avgustda ötkazgan yiğiliş, unda çet elda işlayotgan yurtdoşlar uçun munosib şaroitlar yaratiş va ular bilan tizimli işlaş, Özbekistonga kelib biznes boşlaşni rejalaştirganlar uçun imtiyozlar beriş masalalari körib çiqilgani haqida ma'lumot berilgan.
«Uçraşuvda 8 nafar vatandoşimiz Özbekistonda öz loyihalarini amalga oşiriş uçun 600 ming dollar miqdorida sarmoya kiritiş böyiça taklif bildirdi.
Şunday qilib, Özbekistonning Seuldagi elçixonasi «Oltin daftari»ga kiritilgan vatandoşlar safi 100 kişidan oşdi. Ular tomonidan jalb qilinadigan investitsiyalarning umumiy hajmi qariyb 14 million dollarni taşkil etmoqda», – deyiladi xabarda.











