Jahon | 14:43 / 17.10.2020
6801
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Armanistonni harbiy jinoyatlarda aybladi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Anqara har doim Boku tarafida bo‘lishini ta'kidladi.

Foto: RIA Novosti

Armaniston Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy amaliyotlar chog‘ida Ozarboyjonning tinch aholisi, jumladan, bolalarni o‘ldirishda davom etmoqda. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu o‘zining Twitter sahifasida yozdi.

 U Yerevanni harbiy jinoyatlarda aybladi va Anqara ushbu nizoda har doim Boku tarafida bo‘lishini ta'kidladi.

«Bu yovuzlik to‘g‘risida jim turish ushbu qotilliklarda qatnashishni anglatadi. Insoniylikka ega bo‘lmaganlar bu jinoyatlari badalini to‘laydi», — dedi u.

Avvalroq Ozarboyjon Armaniston va tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi (TQR) qurolli kuchlari tomonidan Ganji shahrining o‘qqa tutilishi oqibatida o‘nlab tinch aholi vakillari halok bo‘lganini bildirgandi.

Yerevan va TQR Bokuning bu ayblovlarini rad etib kelmoqda. 

 Tog‘li Qorabog‘dagi qurolli to‘qnashuvlar 27 sentyabrda boshlandi. Ushbu hudud borasida 30 yildan buyon bahslashayotgan Armaniston va Ozarboyjon to‘qnashuvlar boshlanishida bir-birini ayblamoqda.

 Oradan ikki hafta o‘tgach, 9 oktabr kuni ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari Moskvada muzokara o‘tkazdi.

 10 oktabr kuni sulh tuzilganligi e'lon qilindi, ammo tomonlar bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda ayblab kelmoqda.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid