Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 18:05 / 19.10.2020
7578
2 daqiqa o‘qiladi
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etiladi
Navoiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish va ommalashtirishga ulkan hissa qo‘shgan O‘zbekiston va xorijiy davlatlar fuqarolarini hamda ilmiy-ijodiy muassasalarini taqdirlash maqsadida Alisher Navoiy ordeni ta'sis etiladi.
Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, 2021 yilda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanadi.
Qarorga ko‘ra:
- Alisher Navoiy hayoti va ijodini O‘zbekiston va xalqaro miqyosda keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etiladi;
- Alisher Navoiyning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va ommalashtirishga ulkan hissa qo‘shgan O‘zbekiston va xorijiy davlatlar fuqarolarini hamda ilmiy-ijodiy muassasalarini taqdirlash maqsadida Alisher Navoiy ordeni ta'sis etiladi;
- xorijiy davlatlarda saqlanayotgan Alisher Navoiy qalamiga mansub va u yashagan davrga oid qo‘lyozmalarning faksimile nusxalarini O‘zbekistonga olib kelish choralari ko‘riladi;
- Alisher Navoiy hayoti va ijodiy merosini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy loyihalar tanlovi e'lon qilinadi;
- 2021 yil oxiriga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Alisher Navoiy asarlari hamda navoiyshunoslik fani bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning elektron platformasi yaratiladi;
- 2021 yilda Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi ijod maktabi tashkil etiladi;
- 2021 yil noyabr oyining birinchi o‘n kunligida Navoiy shahrida “Alisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
12:51 / 15.12.2025
O‘shda Navoiy shohko‘chasi ochildi
07:37 / 22.08.2025
Mozori Sharifda Navoiy yodgorligini qayta tiklash boshlandi
20:40 / 20.08.2025
Mozori Sharifda Alisher Navoiy yodgorligi butkul buzib tashlandi
13:30 / 11.02.2025