Jahon | 21:12 / 19.10.2020
3826
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Kanada chegarasi 21 noyabrgacha ochilmaydigan bo‘ldi

Kanada-Amerika chegarasi 21 mart kuni yopilgandi. O‘shanda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ushbu cheklov ikki mamlakat fuqarolarning chegarani kesib o‘tishi xavfsiz bo‘lishiga ishonch hosil qilmagunicha amal qilishini aytgandi. 

Foto: AFP

Kanada va AQSh hukumatlari koronavirus pandemiyasi fonida chegaralarni 21 noyabrgacha ochmaslikka kelishib oldi. Bu haqda Kanada ijtimoiy xavfsizlik va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni ta'minlash vaziri Uilyam Bler ma'lum qildi.

«Biz AQShga zarur bo‘lmagan safarlarga qo‘yilgan taqiqni 2020 yil 21 noyabrgacha uzaytirmoqdamiz», - deb yozdi u Twitter sahifasida.

Blerning izohlashicha, bu pandemiya davrida ikki mamlakat aholisining xavfsizligi uchun zarur.

Kanada-Amerika chegarasi 21 mart kuni yopilgandi. O‘shanda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ushbu cheklov ikki mamlakat fuqarolarning chegarani kesib o‘tishi xavfsiz bo‘lishiga ishonch hosil qilmagunicha amal qilishini aytgandi. Kanada va AQSh chegarasini kesib o‘tishga qo‘yilgan taqiq muddati 21 oktyabrda nihoyasiga yetishi kerak edi.

Kanada va AQSh dunyoda eng uzun quruqlik chegarasiga ega, chegaraning uzunligi qariyb 9 ming km.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid