Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil va BAA o‘rtasida viza bekor qilinadi
Bugun Isroil va BAA o‘rtasida viza olib tashlash bo‘yicha o‘zaro kelishuv imzolanadi. Bu haqda Isroil jamoat teleradiokompaniyasi (KAN) xabar bergan.
Xabarda ta'kidlanishicha, BAA Isroil uchun vizani bekor qilgan birinchi arab mamlakati bo‘ladi. Tel-Avivdagi «Ben Gurion» xalqaro aeroportida bo‘lib o‘tadigan marosimda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu, AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin va Birlashgan Arab Amirliklarining moliya vaziri Ubeyd ibn Hamid at-Tayyor ishtirokida bitim imzolanadi va keyinchalik qo‘shma bayonot beriladi.
Shuningdek, bugun Isroilga tashrif buyuradigan BAA delegatsiyasi Tel-Aviv ma'muriyati bilan ikki tomon o‘rtasidagi tijorat safarlarini osonlashtirish uchun bir qator shartnomalarni ham imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, 15 sentabr kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan rasmiy marosimda Isroil, BAA va Bahrayn o‘rtasida «munosabatlarni normallashtirish» bo‘yicha shartnomalar imzolangandi.
Mavzuga oid
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
17:56 / 19.06.2026
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
14:15 / 18.06.2026