Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noqonuniy ovga aloqador tuman hokimi o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi
Tuproqqal'a tumani hokimi o‘rinbosari Shuhrat Shomurodov 19 oktabr kuni o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etildi. Avvalroq, u va tuman IIB xodimi noqonuniy ovda ushlangandi.
Tuman axborot xizmati xabar berishicha, 16 oktabr kuni tungi soat 02:00 larda 9203-harbiy qism chegara xodimlari bilan viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbiri davomida Xorazm viloyatining Turkmaniston bilan chegaradosh Tuproqqal'a tumani, «Tuproqqal'a» mahallasi chegaraoldi hududida 4 nafar fuqaro chegaraoldi hududlarida bo‘lish rejimini hamda ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzib, noqonuniy ov qilgani aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, shu vaqtda Tuproqqal'a tumani «Tuproqqal'a» mahallasidagi ekin maydonlarida, sholi hosili yig‘im terimini nazorat qilib yurgan Tuproqqal'a tuman hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari Shomurodov Shuhrat Jahongirovich va IIB xodimi chegara xodimlari ov qilib yurgan fuqarolarni ushlab turganligini ko‘rib, chegara xodimlariga yordam berish maqsadida ularga yaqin borgan. Shunda 9203-sonli harbiy qism chegara xodimlari ularni ham chegara postiga olib borib, ularga nisbatan chegara zonasiga kirish qoidasini buzganliklari haqida ma'muriy bayonnoma tuzilib sud jarayoniga tegishli hujjatlar bilan taqdim qilingan.
Tuproqqal'a tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari 19 oktyabrdan binoan o‘z arizasiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Qo‘shimcha ma'lumotlar to‘plangan hujjatlar asosidagi sudning qonuniy kuchga kirgan qaroridan keyin ma'lum qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 16 oktabr kuni harbiy qism chegarachilari bilan o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbiri davomida 8 nafar fuqaro noqonuniy ov qilish maqsadida yurganligi aniqlangani xabar berilgandi.
Kun.uz manbasi ular noqonuniy ovga aloqador shaxslar orasida tuman hokimi o‘rinbosari bo‘lganini tasdiqlagan.
Mavzuga oid
23:21 / 24.04.2026
Fillar to‘dasi amerikalik millioner-ovchini toptab o‘ldirdi
16:39 / 04.10.2025
Xorazmda aviayoqilg‘i ishlab chiqaruvchi zavod quriladi. Loyiha qiymati 5,9 mlrd dollar
14:51 / 30.07.2025
Rossiyalik ovchi Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan morxo‘rlarni ovladi
15:21 / 02.05.2025