Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi xabariga köra, Xorazm viloyatining Turkmaniston Respublikasi bilan çegaradoş Tuproqqal'a tumanining çegaraoldi hududida tungi soat 02.00 larda, çegaraoldi hududlarida böliş rejimini hamda ov qiliş va baliq ovlaş qoidalarini buzib, bir dona yovvoyi hayvonni otib öldirgan 8 nafar fuqaro aniqlangan.



Kun.uz manbasiga köra, ovçilarning biri tuman hokimi örinbosari, boşqasi tuman IIB mas'ul xodimi bölgan.
«Huquqbuzarlardan 6ta ov quroli, 105ta öqdori va 4ta qarmoq aşyoviy dalil sifatida olib qöyildi. Mazkur huquqbuzarlik holati yuzasidan töplangan hujjatlar sud idoralariga taqdim etiladi», — deyiladi Ekologiya qömitasi xabarida.
Tuproqqal'a tumani hokimiyati yoxud tuman IIB mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirmagan.
Kun.uz’ga ma'lum bölişiça, noqonuniy ov uyuştirgan şaxslarga nisbatan javobgarlik masalasi örganilmoqda.










