Konstantin Samsonov va uning jamoasi “Samsonov Hunter” kanalida Özbekistonda uyuştirilgan ov videosini e’lon qildi. Ma’lum bölişiça, uşbu video 1 yil oldin suratga olingan. Biroq ayrim sabablarga köra e’lon qilinganidan 3 kun ötib öçirilgan. Bu safar u qayta e’lon qilingan.

Filmdan körinişiça, ovçi va tasvirga oliş guruhi Surxondaryo viloyati hududida, toğli manzilda bölişgan. Ovçi 2 boş morxör (toğ eçkisi) hamda bitta börini ovlagan. Morxörlardan biriga ikki bor öq uzilgan, ikkinçisi bitta öq tekkandayoq yiqilgan. Söngra ovçi qorli toğda yugurib ketayotgan böriga qarata öq uzgan.

Kun.uz holat yuzasidan Ekologiya vazirligiga sörov yubordi.

Bu rossiyalik ovçilarning Özbekistonda Qizil kitobga kiritiligan jonivorlarni ovlaşi bilan boğliq ilk holat emas. 2021 yil Rossiya fuqarosi Ye.P.Şirokov Böstonliq tumanida 1 dona qönğir ayiqni otib, u bilan vahşiylarça suratga tuşgandi. Öşanda unga 2 dona Tyanşan qönğir ayiğini otişga ruxsatnoma berilgan. Jamoatçilikning keskin e’tirozidan söng ovçidan ikkinçi qönğir ayiqni ovlaşga berilgan ruxsatnoma qaytarib olingan edi.

2023 yilda esa rossiyalik ovçi Sergey Mazurkeviç ham Özbekistonda ov uyuştirib, uning videosini e’lon qilgandi. U Surxondaryo viloyati hududida morxör va arxarni otib öldirgan. Öşanda Ekologiya vazirligi vakili ovçi morxör va arxarni qonuniy tarzda ovlaganini bildirgandi.

Qizil kitobga kiritilgan jonivorlarni ovlaş uçun ruxsatnoma qonunçilikda körsatilgan tölovni amalga oşirgandan keyin beriladi. Çet ellik jismoniy va yuridik şaxslar bir boş morxörni ovlaş uçun 25 ming dollar tölaşi kerak böladi