O‘zbekiston | 08:30 / 21.10.2020
10062
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yanvar-sentabr oylarida avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshgan

2019 yilning shu davrida 186 432 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 217 771 dona.

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil yanvar-sentabr oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma'lumot berdi.

Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshgan. 2019 yilning shu davrida 186 432 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 217 771 dona.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yil yanvar-sentabr oylarida 59 252 dona Cobalt, 52 689 dona Nexia T-250, 39 960 dona Lacetti-Gentra, 39 631 dona Damas, 19 980 dona Spark hamda 6 259 dona Labo avtomobili ishlab chiqarildi.

Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish kamaydi. 2019 yilda - 4 028 dona, 2020 yilda - 2 936.

Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish ko‘paydi. 2019 yilda 140,2 ming dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 174,5 ming.

2020 yil yanvar-sentabr oylarida traktor ishlab chiqarish hajmi 630 donani tashkil etdi, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 42,7 foizga kamaygan.

Mavzuga oid