O‘zbekiston | 14:22 / 22.10.2020
9211
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Tojikiston aviaqatnovni tiklashga kelishib oldi – OAV

Parvozlarni boshlash sanasi aniqlashtirilmoqda.

O‘zbekiston va Tojikiston rasmiylari Toshkent va Dushanbe o‘rtasida muntazam parvozlarni tiklashga kelishib oldi. Bu haqda «Aziya-Plyus» Tojikiston hukumatidagi manbaga tayangan holda xabar bermoqda.

«Bugungi kunda aviaqatnovlarni tiklashning aniq sanasi va ikki davlat poytaxti o‘rtasida parvozlar jadvali kelishib olinmoqda», - dedi u.

Joriy yilning 16 mart kuni Toshkent va Dushanbe o‘rtasida aviaqatnov to‘xtatilgan edi. 

Bundan tashqari, boshqa qo‘shni davlatlar qatori O‘zbekiston va Tojikiston o‘z chegaralarini yopib qo‘ydi. 

O‘zbekiston hukumati Tojikiston va dunyoning boshqa davlatlariga parvozlarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni 15 mart kuni mamlakatda koronavirusning dastlabki holati aniqlanganligi sababli qabul qildi. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya bilan aviaqatnov hali tiklanmadi. Avvalroq Rossiya aviakompaniyalari O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat olgandi. «Rosaviatsiya» vakili bu hujjat aviaqatnovlar tiklanganini anglatmasligini ta'kidlab o‘tgan.

Mavzuga oid