Jahon | 17:32 / 22.10.2020
3073
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada keksa yoshdagilar uchun joriy etilgan karantin bekor qilindi

 Shvetsiyada yoshi 70dan oshgan keksalar jamoat transportida yurmasligi va jamoat joylariga bormasligi lozim edi.

Foto: Ali Lorestani / TT News Agency / Reuters

 Shvetsiya keksalar uchun joriy etilgan karantinni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

 Keksalarni izolyatsiya qilishni to‘xtatish bo‘yicha tavsiyalarda izohlanishicha, hozirda mamlakatda koronavirus yuqtirish darajasi bahordagiga nisbatan ancha past. Sog‘liqni saqlash agentligining qayd etishicha, mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini alomatlari yo‘q.

 Bunga qadar Shvetsiyada yoshi 70dan oshgan keksalar jamoat transportida yurmasligi va jamoat joylariga bormasligi lozim edi. Shved pensionerlari ancha vaqtdan buyon karantinga rioya qilib kelishdi, bu esa ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolar ko‘payishiga olib kelishi mumkin.  

 Shvetsiya Yevroittifoqda koronavirus pandemiyasi sababli qat'iy choralar kiritmagan yagona mamlakat bo‘ldi. Mamlakat hukumatining ta'kidlashicha, shu yo‘l bilan milliy iqtisodiyotni salbiy oqibatlardan saqlab qolish mumkin. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid