Jahon | 09:41 / 23.10.2020
2955
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqi o‘zaro kelishuvlarni qaytadan ko‘rib chiqadi

Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqi Brexit'dan keyingi milliardlab dollarlik savdoni himoya qilish bo‘yicha bitimni imzolashga qaratilgan yangi va yakuniy muzokaralarni boshlamoqda.

Bosh vazir Boris Jonson o‘tgan hafta oxirida muzokaralardan chiqib ketganidan so‘ng, tomonlar chorshanba kuni muzokaralarni Brexit qonunan amalga oshishidan 10 hafta oldin davom ettirishga kelishib oldilar. Ikki tomon 25 oktyabrga qadar har kuni, shu jumladan, dam olish kunlari ham muzokaralar olib boradi.

Jonson muzokaralardan uzoqlashgandan so‘ng, Yevropa ittifoqi rasmiylarining noroziligi kuchaydi, ularning fikriga ko‘ra, Buyuk Britaniya qimmatli vaqtini keraksiz taktikalarga sarflamoqda.

Britaniyaning besh yillik Brexit dramasini kelishuvsiz yakunlashi, koronavirus pandemiyasi Buyuk Britaniyaga iqtisodiy zarba bergani kabi, ishlab chiqaruvchilar, chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilar, fermerlar va deyarli barcha boshqa sohadagilarning faoliyati buzilishiga olib keladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid