Jahon | 23:10 / 24.10.2020
40574
1 daqiqa o‘qiladi

Sadir Japarovning ilk xorijiy tashrifi qaysi davlatga bo‘lishi ma'lum qilindi

Sooronbay Jeenbekov 15 oktabr kuni Qirg‘iziston prezidentligidan iste'foga chiqqach, prezidentlik vakolatlari Sadir Japarovga o‘tgandi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov ilk xorijiy tashrifini Rossiyaga amalga oshiradi. Bu haqda Qirg‘iziston rahbarining telegram-kanalida ma'lum qilindi.

 Xabarda tashrif qachon amalga oshirilishi to‘g‘risida ma'lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Sooronbay Jeenbekov 15 oktabr kuni Qirg‘iziston prezidentligidan iste'foga chiqdi.

Prezidentning iste'fosidan keyin, Konstitutsiyaga ko‘ra, davlat rahbarining barcha majburiyatlari parlament spikeri Kanat Isayevga o‘tishi kerak edi. U bu vakolatdan voz kechgach, prezidentlik vakolatlari Sadir Japarovga o‘tdi.

Qirg‘iziston MSK raisi Nurjan Shayldabekovaning ma'lum qilishicha, mamlakatda muddatidan avvalgi prezident saylovi 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid