Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp shifokorlarni koronavirus bo‘yicha raqamlarni oshirib ko‘rsatishda aybladi
30 oktyabrda AQShda kunlik kasallikka chalinish holatlari aniqlanishi bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etilgan, 17ta shtatda esa rekord darajada ko‘p bemor shifoxonalarga yotqizilgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik shifokorlar ko‘proq pul ishlash uchun koronavirus bo‘yicha statistikani ataylab oshirib ko‘rsatishayotganini aytdi. U Michigan shtatida saylovchilar bilan uchrashuvi chog‘ida ana shunday fikr bildirdi, deb xabar bermoqda CNN.
"Bizning shifokorlar – juda aqlli. Xo‘sh, ular bunday qilishyapti. Kechirasiz, hamma COVID’dan o‘lyapti, deyishyapti... Bu esa 2 ming dollarga yaqin qo‘shimcha pul, shuning uchun ularning puli ko‘p", - degan Tramp.
Nashrning bildirishicha, 30 oktyabrda AQShda kunlik kasallikka chalinish holatlari aniqlanishi bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etilgan, 17ta shtatda esa rekord darajada ko‘p bemor shifoxonalarga yotqizilgan.
AQShda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq qariyb 9 millionta holat qayd etilgan, 230 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
21:12 / 18.08.2025
Tramp va Putin uchrashuvi global bozorlarda jiddiy aks-sado bermadi
15:52 / 19.08.2023
Odam tanlamaydigan “huquqiy mashina”. Tramp nega ta’qib qilinmoqda?
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023