Jamiyat | 09:17 / 31.10.2020
12466
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda bankdan katta miqdordagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Joriy yilning 30 oktabr kuni soat 10:04larda Xorazm viloyati Urganch shahar Jizzax ko‘chasida joylashgan “Tinchlik Bank xizmatlari” kichik bank binosiga kelgan shaxs bank xodimasi bo‘lgan fuqaro Sh.K.ning xizmat joyida yolg‘izligidan foydalanib, unga tan jarohati yetkazgan holda kassada mavjud bo‘lgan jami 21 088 AQSh dollari va 19 000 850 so‘m pul mablag‘ini olib chiqib ketgan. 

Milliy gvardiya Xorazm viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xabariga ko‘ra, bank xodimasi tomonidan kelib tushgan tashvish signaliga asosan, zudlik bilan manzilga yetib kelgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati hamda IIB mas'ul xodimlari holatni tezkorlik bilan o‘rganib, o‘g‘irlik sodir qilgan shaxsni Urganch tumani, Chakka sholikor qishlog‘idan ashyoviy dalillar bilan ushlab, voqea joyiga olib kelishgan. 

Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, jinoyatga qo‘l urgan shaxs Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan, hozirda Urganch tumanida istiqomat qiluvchi 30 yoshli fuqaro M.E. ekanligi aniqlandi va hozirda ushbu holat yuzasidan viloyat IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid