Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Puerto-Riko aholisi AQShga qo‘shilishni navbatdagi marta qo‘llab-quvvatladi
Puerto-Riko aholisining yarmidan ko‘pi – 52 foizi orolning AQSh tarkibiga 51-shtat bo‘lib kirishini ma'qulladi. Bundan ushbu masala bo‘yicha o‘tkazilgan navbatdagi referendum natijalari darak bermoqda.
Puerto-Riko Karib dengizidagi hudud bo‘lib, u 1898 yilda AQSh hududi deb tan olingan. Orol AQSh tomonidan boshqarilsa-da, biroq uning ajralmas qismi hisoblanmaydi. Orol AQShning boshqa shtatlari kabi o‘z mahalliy konstitutsiyasiga, qonunchilik, ijrochilik va sud hokimiyatiga ega. Uning fuqarolari 1917 yildan beri AQSh fuqarolari hisoblansa-da, biroq prezident saylovlarida ovoz berish huquqiga ega emaslar va AQSh kongressida cheklangan huquqlarga ega bir vakil bilan bildirilganlar. Orolning AQSh bilan bog‘liqligi umumiy fuqarolik, valuta va mudofaaga ega ekanidan iborat.
Puerto-Riko hukumati rahbari Vanda Vaskes Garsed orolning AQShga qo‘shilishi bo‘yicha yangi referendum o‘tkazilishi haqidagi qonun loyihasini may oyida imzolagan.
Shu bilan birga, AQSh orolning maqomi bo‘yicha referendum natijalarini inobatga olishga majbur emas. Orolning AQSh tarkibiga kirishi masalasini kongress hal qiladi.
Avval ham Puerto-Rikoda orolning maqomi masalasi bir necha marotaba ko‘tarilgan. 2012 yil noyabrda o‘tkazilgan referendumda 65 foiz aholi AQSh tarkibiga qo‘shilishni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, AQSh kongressi bu qarorni ma'qullamagan. Ushbu masala bo‘yicha 2017 yilda o‘tkazilgan referendumda ham ovoz beruvchilarning 97 foizi orolning AQShga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlagan.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:07 / 11.06.2026