Jahon | 14:33 / 04.11.2020
5375
1 daqiqa o‘qiladi

Tayvan AQShdan 600 mln dollarga jangovar dronlar sotib oladi

Avvalroq AQSh ma'muriyati Tayvanga 135 dona Slam-ER qanotli raketalari sotilishini ma'qullagandi.

Foto: jetphotos.com

AQSh ma'muriyati Tayvan armiyasi mudofaasini kuchaytirish uchun Tayvanga 600 mln dollarga to‘rt dona MQ-9 Reaper uchuvchisiz uchadigan qurilmalar sotilishini ma'qulladi. Bu haqda  Le Figaroso xabar berdi.

"Bu Tayvanga o‘z qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish va ishonchli mudofaa salohiyatini saqlab qolish imkonini beradi", - deyiladi AQSh davlat departamenti bayonotida.

Avvalroq AQSh ma'muriyati Tayvanga 135 dona Slam-ER qanotli raketalari sotilishini ma'qullagandi. Ushbu shartnoma qiymati 1 mlrd dollar deb baholanmoqda.

 Ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh hukumati Tayvanga umumiy qiymati 7 mlrd dollarlik turli qurol-yarog‘lar sotishni rejalashtirgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid