Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Ozarboyjon konsulligi o‘qqa tutildi
Konsullik binosiga olti marta o‘q uzilgan. Hujum qilganlar ikki nafar shaxs bo‘lgan.
Xarkovda noma'lum shaxslar Ozarboyjon konsulligi binosini o‘qqa tutishdi. Bu haqda konsullik matbuot xizmati xabar berdi.
«6 noyabrdan 7 noyabrga o‘tar kechasi Ozarboyjonning Xarkovdagi faxriy konsulligi binosi o‘qqa tutildi. Konsullik eshik va derazalariga olti marta o‘q uzildi. Hujum qilganlar ikki nafar shaxs bo‘lgan», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Ozarboyjon tashqi ishlar vazirligi ushbu hodisani qoraladi va aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun Ukraina huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilishini bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
16:13 / 22.06.2026
Ukraina Voronejdagi mudofaa zavodiga hujum qildi – fotolar
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
11:35 / 21.06.2026