Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerevan Pashinyanning iste'fosi to‘g‘risidagi xabarlarga izoh berdi
Avvalroq Facebook’da Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat sababli Pashinyan iste'foga chiqqani to‘g‘risida xabar paydo bo‘lgandi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning matbuot kotibi Mane Gevorgkyan bosh vazirning iste'foga chiqishi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar haqiqatdan yiroq ekanligini ma'lum qildi. U bu haqda o‘zining Facebook sahifasida yozdi.
«Armaniston Respublikasi bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste'foga chiqishi to‘g‘risidagi xabar dezinformatsiya va haqiqatga mos kelmaydi», — deyiladi Gevorgkyanning xabarida.
Avvalroq Facebook’da Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat sababli Pashinyan iste'foga chiqqani to‘g‘risida xabar paydo bo‘lgandi.
Pashinyan 2018 yilda, xalq noroziligi natijasida bosh vazir Serj Sargsyan lavozimidan chetlashtirilganidan keyin hukumat tepasiga kelgandi.
Mavzuga oid
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
16:23 / 11.06.2026