Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya razvedkasi Rossiya va Xitoyni xavfsizlikka asosiy tahdid deb atadi
Qayd etilishicha, Rossiya va Xitoy Chexiya Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik missiyalariga kiberhujumlar uyushtirilishiga aloqador.
Chexiya axborot va xavfsizlik xizmati (BIS) 2019 yilda Chexiya xavfsizligi va manfaatlariga eng katta tahdid Rossiya va Xitoy tomonidan bo‘lgan deb hisoblamoqda.
"Ular orasidagi asosiy farq shundaki, Rossiya raqiblarini izdan chiqarish va ular orasiga nifoq solishga urinadi, Xitoy esa uning manfaatlarini qonuniy deb tan oladigan mamlakatlarni atrofiga to‘plashga harakat qiladi", - deyiladi xizmatning 2019 yil uchun hisobotida.
Hisobotda aytilishicha, Xitoy razvedkachilari diplomat, jurnalist va olimlar niqobi ostida faoliyat yuritgan. Kontrrazvedka shuningdek, rossiyalik razvedkachilarning diplomatlar sifatida ishlagani to‘g‘risida ma'lumot olgan.
Qayd etilishicha, Rossiya va Xitoy Chexiya Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik missiyalariga kiberhujumlar uyushtirilishiga aloqador.
Xizmatning ta'kidlashicha, Xitoy razvedkasi foydali aloqalarni topish va o‘ziga og‘dirish uchun LinkedIn’dan foydalanadi.
BIS Rossiya qarorlar qabul qilinishi jarayonini boshqarishga urinishini ma'lum qilgan: ma'lumot berilishicha, rossiyalik razvedkachilar Rossiya uchun manfaatli masalalarda siyosatchilarga ta'sir o‘tkazishga harakat qiladi.