Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Afrikada harbiy-dengiz bazasi qurishni rejalashtirmoqda
Shuningdek, Rossiya Sudanga beg‘araz tarzda qurol va harbiy texnika yetkazib beradi.
Rossiya Sudanda harbiy-dengiz bazasi qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya hukumati saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Sudan Rossiyaning ushbu mamlakat hududida moddiy-texnik ta'minot punkti qurish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik bergan.
Kelishuvga ko‘ra, Rossiya Sudanda yadroviy energetika qurilmasi bilan jihozlangan kemalarini joylashtirishi mumkin, punkt xodimlari soni 300 nafargacha bo‘ladi.
Bazada bir vaqtning o‘zida Rossiyaning to‘rttagacha kemasi bo‘lishi mumkin.
Kelishuv 25 yil muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, avtomatik ravishda har 10 yillik davrga uzaytiriladi.
Shuningdek, xabar qilinishicha, Rossiya Sudanga beg‘araz tarzda qurol va harbiy texnika yetkazib beradi.
Avvalroq Sudan hukumati Rossiyaga Qizil dengizda baza tashkil etishni taklif qilgandi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026