Jahon | 17:09 / 13.11.2020
2849
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar London metrosi va avtobuslarida COVID izlarini topishmadi

London Imperiya kolleji ekspertlari har oyda transport tarmog‘idagi eskalatorlar, tutqichlar va Oyster Card karta qurilmalaridan surtma yordamida test olishmoqda.

Foto: EPA

Olimlar London metrosi va avtobuslaridagi havo hamda yuzalarda koronavirus izlarini topishmadi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.

 London Imperiya kolleji ekspertlari har oyda transport tarmog‘idagi eskalatorlar, tutqichlar va Oyster Card karta qurilmalaridan surtma yordamida test olishmoqda. Olimlar olgan ikkinchi test natijalari ham manfiy chiqdi.

Ular shuningdek, bir soat davomida maxsus qurilma orqali havodan ham namuna olishgan.

Imperiya kolleji epidemiologi, professor Roy Andersonning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus yuqishining asosiy muammosi yuzalarda emas.

“Asosiy muammo – odamlarning o‘zlarini tutishi. Ochiq havoda virus yuqishi bino ichidagiga qaraganda ancha kam bo‘ladi. Bu zarralar havo orqali yuqadi”, – dedi professor.

Transportda o‘tkazilgan avvalgi tadqiqotlardan ma'lum bo‘lishicha, poyezdda virus yuqtirish ehtimoli 11 mingdan birga teng.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid