Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston MXX sobiq rahbari hibsga olindi
Artur Vanetsyan 14 noyabr kuni MXX tergov departamentiga chaqirilgan va hibsga olingan.
Foto: EPA-EFE/HAYK BAGHDASARYAN/PHOTOLURE
Armaniston milliy xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Artur Vanetsyan mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyanni o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda uning advokati Lusine Saakyan ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vanetsyan 14 noyabr kuni MXX tergov departamentiga chaqirilgan va hibsga olingan. Xavfsizlik xizmati sobiq rahbari shuningdek, hokimiyatni egallab olish, noqonuniy ravishda qurolga ega bo‘lish va saqlashda gumon qilinmoqda.
«Bularning barini huquqiy jihatdan izohlashning imkoni yo‘q. Bu hokimiyatni saqlab qolishga qaratilgan sharmandali siyosiy ta'qib, davlatga qarshi dasturlarni oxiriga yetkazishdir», — deb ta'kidladi Saakyan.
Yerevanda bir necha kundan buyon Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha tinchlik kelishuvi imzolagani uchun Pashinyanning iste'fosi talab qilingan norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tmoqda. Ma'lum qilinishicha, ushbu aksiyalarda Vanetsyan ham ishtirok etgan.
Rossiya, Armaniston va Ozarboyjon rahbarlari 9 noyabr kuni Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzolagandi.
Mavzuga oid
14:42 / 17.02.2026
Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
14:05 / 12.02.2026
Yadroviy kelishuv va strategik sheriklik bitimi – Vensning Kavkazga tashrifi tafsilotlari
14:59 / 10.02.2026
AQSh Armanistonga Rossiyaga energetik qaramlikdan qutulish uchun 9 mlrd dollar ajratadi
08:36 / 10.02.2026