Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada yana umummilliy karantin joriy etildi
Keksa yoshdagilar ko‘chaga soat 10:00dan 12:00gacha chiqishlari mumkin.
Ukraina hukumati 16 noyabrdan umummilliy karantinni qayta tikladi va yangi cheklov choralarini joriy etdi.
Cheklovlar xususan, ommaviy tadbirlar, kinoteatrlar va jamoat transporti faoliyati bilan bog‘liq.
Endilikda, 20 nafardan ortiq kishi ishtirokida ommaviy tadbirlar o‘tkazish, teatr va kinoteatrlar, diskoteka, ovqatlanish muassasalarida tashrif buyuruvchilar soni umumiy sig‘imning 50 foizidan ortishi, restoran va qahvaxonalarning soat 22:00dan 7:00gacha ishlashi taqiqlanadi.
Jamoat transportida yo‘lovchilar soni o‘rindiqlar sonidan ortib ketmasligi lozim.
Keksa yoshdagilar ko‘chaga soat 10:00dan 12:00gacha chiqishlari mumkin.
O‘tgan yakshanbadan boshlab dam olish kunlari karantini amal qilishni boshladi.
Unga ko‘ra, ko‘ngilochar-savdo markazlari, sport zallari, fitnes-markazlar, basseynlar hamda teatrlar dam olish kunlari ishlamaydi.
Oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar, yonilg‘i quyish shoxobchalari, gigiyena vositalari bilan savdo qiluvchi do‘konlar, moliya muassasalari va taom yetkazib berish xizmatlari odatdagi tartibda ishlashda davom etadi.
Mavzuga oid
11:35 / 21.06.2026
Kapotnyadagi zavodga zarba oqibatlari. Kosmosdan ko‘rinish
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026