Jahon | 22:15 / 20.11.2020
7474
2 daqiqa o‘qiladi

YeI yetakchilari Turkiya mavzusini muhokama qiladi

Avvalroq YeI Kengashi Turkiyaning O‘rta yer dangizida burg‘ulash ishlarini olib borganiga javoban kiritilgan sanksiyalarni 2021 yil 12 noyabrgacha uzaytirgandi.

Foto: DPA

YeI yetakchilarining 10 dekabrda bo‘lib o‘tadigan sammiti kun tartibidan Turkiya mavzusi ham o‘rin olgan. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel YeIga a'zo mamlakatlar vakillari bilan o‘tkazilgan videokonferensiyada ma'lum qildi.

«Albatta, biz voqealar rivojini kuzatishimiz, shundan so‘ng qaror chiqarishimiz lozim. Hozircha faqat bir narsani aytishim mumkin, hammasi biz xohlagandek ketmayapti»,- dedi u.

Merkel shuningdek, Vengriya va Polshaning YeI budjeti va koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha dasturga nisbatan qo‘ygan vetosiga ham to‘xtalib o‘tdi.

 «Bu hal qilish kerak bo‘lgan juda jiddiy muammo»,- dedi Germaniya kansleri.

Avvalroq YeI Kengashi Turkiyaning O‘rta yer dangizida burg‘ulash ishlarini olib borganiga javoban kiritilgan sanksiyalarni 2021 yil 12 noyabrgacha uzaytirgandi.

 Bryusselning eslatishicha, Sharqiy O‘rta yer dengizida noqonuniy burg‘ulash ishlarini olib borishga qarshi sanksiyalar kiritilishi YeI Kengashining 2019 yil 14 oktyabrdagi xulosasiga asoslangan.

 Turkiya YeIning bu pozitsiyani inkor qilib kelmoqda. Anqara Gretsiya o‘zining alohida iqtisodiy hududi deb hisoblaydigan suvlarda neft-gaz razvedkasini olib bormoqda. Kipr ham Turkiyaga nisbatan e'tiroz bilan chiqqan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid