YeI Kengaşi Turkiyaning Örta yer dangizida burğulaş işlarini olib borganiga javoban kiritilgan sanksiyalarni 2021 yil 12 noyabrgaça uzaytirdi. Bu haqda YeI Kengaşi saytida ma'lum qilindi.

Qayd etilişiça, sanksiyalar jismoniy şaxslar uçun YeIga safar qilişni taqiqlaş va aktivlarini muzlatiş hamda jismoniy şaxslar uçun aktivlarini muzlatişni öz içiga oladi. Bundan taşqari, YeIdagi jismoniy va yuridik şaxslarning sanksiyalarga tuşgan şaxslar va taşkilotlarga mablağ berişi taqiqlanadi.

Hozirda bunday sanksiyalar ikki nafar jismoniy şaxsga nisbatan joriy etilgan.

Bryusselning eslatişiça, Şarqiy Örta yer dengizida noqonuniy burğulaş işlarini olib borişga qarşi sanksiyalar kiritilişi YeI Kengaşining 2019 yil 14 oktyabrdagi xulosasiga asoslangan.

Turkiya YeIning bu pozitsiyani inkor qilib kelmoqda. Anqara Gretsiya özining alohida iqtisodiy hududi deb hisoblaydigan suvlarda neft-gaz razvedkasini olib bormoqda. Kipr ham Turkiyaga ana şunday e'tiroz bilan çiqqan.

Turkiya şu haftada Örta yer dengizi şarqida Barbaros Hayreddin Paşa kemasi georazvedkaning yangi bosqiçini boşlaşini e'lon qildi. Qidiruv işlari 2021 yil 16 fevralgaça davom etadi.